Joriy yilning 1-dekabr kuni Navoiy davlat pedagogika institutida, Fizika va texnolgik taʼlim fakulteti talabalariga 1-dekabr “Xalqaro OITSga qarshi kurash kuni ” munosabati bilan “BIZ OITSGA QARSHIMIZ” mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbirni Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan muovini Shamsiyev M, milliy g’oya kafedrasi o’qituvchisi Egamberdiyeva hamda OITSga qarshi kurash markazi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Koronavirus infeksiyasi 2020-yilning eng xavfli kasalliklari toifasiga kirganligi hech kimga sir emas. Lekin shunday kasalliklar xam borki ular ham millat genofondiga salbiy taʼsir etib kelmoqda. Har yili 1 dekabr sanasi an’anaviy ravishda “OITSga qarshi butunjahon kurash kuni” sifatida nishonlanadi. Bu sanada OITS bilan og‘riganlarni qo‘llab-quvvatlash, xastalik alomatlari, undan saqlanish bo‘yicha ogohlikni oshirish masalalariga jamoatchilik e’tiborini qaratish maqsad qilinadi. OIV tarqalishiga qarshi yurtimizda olib borilayotgan profilaktik tadbirlar xususida gapirib o‘tildi. Har qanday yuqumli va boshqa kasalliklarni oldini olish uchun tibbiy madaniyatni yuksaltirish muhimligini, salomatligimiz o‘z qo‘limizda ekanligini ta’kidladi.